Foydalanuvchi shartnomasi
FOYDALANUVCHI KELISHUVI
Mazkur Foydalanuvchi kelishuvi (keyingi o‘rinlarda — “Kelishuv” deb yuritiladi) o‘z manfaatlari ko‘zlab harakat qiluvchi jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi “TAQSIM SARMOYA” MChJ (keyingi o‘rinlarda — “Kompaniya” deb yuritiladi) o‘rtasida tuziladi.
Mazkur Kelishuv Foydalanuvchining Kompaniyaga tegishli bo‘lgan “TAQSIM ESTATE” elektron platformasidan (keyingi o‘rinlarda — “Platforma” deb yuritiladi) foydalanish tartibini, shuningdek, Foydalanuvchi va Kompaniyaning huquq hamda majburiyatlarini belgilaydi.
Platforma — mualliflik huquqi Kompaniyaga tegishli bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari katalogini shakllantirish, buyurtmalarni qabul qilish, shuningdek, jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlarini muddatli to‘lov asosida sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayonlarini texnik jihatdan ta’minlovchi axborot tizimi hisoblanadi.
Foydalanuvchi Platformadan istalgan shaklda foydalanishi, shu jumladan Platformada ro‘yxatdan o‘tishi orqali mazkur Kelishuv shartlari bilan tanishganligini, ularni to‘liq tushunganligini va so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi hamda Kelishuv shartlariga rioya qilish majburiyatini oladi.
Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlaridan birortasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, Platformadan foydalanishga haqli emas. Bunday holatda Foydalanuvchi Platformadan va uning xizmatlaridan foydalanishni darhol to‘xtatishi hamda Platformani tark etishi lozim.
Agar Foydalanuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u o‘z hisob qaydnomasini (akkauntini) o‘chirishi (agar bunday texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa) yoki hisob qaydnomasini o‘chirish to‘g‘risida Kompaniyaga tegishli murojaat yuborishi kerak.
1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Platforma — “TAQSIM ESTATE” elektron platformasi bo‘lib, mualliflik huquqi “TAQSIM SARMOYA” MChJga tegishli bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish, ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash, buyurtmalarni shakllantirish, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlarini muddatli to‘lov asosida sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayonlarini texnik jihatdan ta’minlovchi axborot tizimi.
Platformaning mazmuni / kontent — Platformada joylashtirilgan barcha turdagi axborotlar, shu jumladan matnlar, grafik materiallar, tasvirlar, fotosuratlar, videolar, dizayn elementlari, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari, foydalanuvchi interfeyslari, logotiplar, savdo belgilaridan foydalanish elementlari hamda Platformada mavjud bo‘lgan boshqa intellektual mulk obyektlari.
Xizmat — Platforma orqali taqdim etiladigan barcha funksiyalar va imkoniyatlar, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish, obyektlarni tanlash, buyurtmalarni rasmiylashtirish, shuningdek, ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonida foydalaniladigan xizmatlar majmui.
Foydalanuvchi — o‘z manfaatlari ko‘zlab harakat qiluvchi, mazkur Kelishuv shartlarini qabul qilgan, Platformaga kirish huquqiga ega bo‘lgan hamda Platformadan ro‘yxatdan o‘tgan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan holda foydalanayotgan jismoniy shaxs.
Kompaniya (Sotuvchi) — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi “TAQSIM SARMOYA” MChJ bo‘lib, Platformaning egasi hamda Platforma orqali ko‘chmas mulk obyektlarini muddatli to‘lov asosida sotishni amalga oshiruvchi shaxs.
Hisob qaydnomasi — Foydalanuvchi tomonidan Platformada ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan va Foydalanuvchini identifikatsiya qilish hamda Platformadan foydalanish imkonini beruvchi ma’lumotlar majmui.
Ro‘yxatdan o‘tish — Foydalanuvchi tomonidan Platformadan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni kiritish orqali hisob qaydnomasini yaratish jarayoni.
Ko‘chmas mulk obyekti (Kvartira) — Platformada ma’lumotlari joylashtirilgan va Foydalanuvchi tomonidan tanlanishi mumkin bo‘lgan turar joy obyektlari.
Buyurtma — Foydalanuvchining Platforma orqali muayyan ko‘chmas mulk obyektini tanlash va uni muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha o‘z xohishini bildiruvchi elektron murojaati.
Muddatli to‘lov — ko‘chmas mulk obyektining qiymatini Foydalanuvchi tomonidan Sotuvchi bilan kelishilgan muddat va tartibda qismlarga bo‘lib to‘lash usuli.
To‘lov jadvali — ko‘chmas mulk obyektining qiymatini to‘lash bo‘yicha Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning miqdori va muddatlarini belgilovchi hujjat.
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Mazkur Kelishuv “TAQSIM SARMOYA” MChJ tomonidan boshqariladigan “TAQSIM ESTATE” elektron platformasidan foydalanish tartibini, shuningdek Foydalanuvchi va Kompaniyaning huquq hamda majburiyatlarini belgilaydi.
2.2. Platformadan har qanday usulda foydalanish, Platformada ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinet yaratish, ma’lumotlarni kiritish, buyurtma yuborish yoki Platformaning boshqa funksiyalaridan foydalanish orqali Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlarini to‘liq o‘qib chiqqanligini, ularning mazmunini tushunganligini hamda ularni hech qanday istisnosiz va so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi.
2.3. Agar Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning biror-bir shartiga rozi bo‘lmasa, u Platformadan foydalanishni boshlashga yoki foydalanishni davom ettirishga haqli emas hamda Platformadan foydalanishni darhol to‘xtatishi shart.
2.4. Platforma Foydalanuvchilarga ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, obyektlarni tanlash, buyurtmalarni rasmiylashtirish, to‘lov qobiliyatini baholash jarayonidan o‘tish hamda ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish maqsadida faoliyat yuritadi.
2.5. Platformadan foydalanish ixtiyoriy hisoblanadi. Foydalanuvchi Platformaga ma’lumotlarni o‘z xohishiga ko‘ra taqdim etadi va taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, dolzarbligi, to‘liqligi hamda haqqoniyligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.
2.6. Mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali Foydalanuvchi Kompaniyaga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, telefon raqami, elektron pochta manzili, pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, yashash manzili, moliyaviy holati va boshqa zarur ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq yig‘ish, qayd etish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish, bloklash, o‘chirish va boshqa usullarda qayta ishlashga o‘z roziligini beradi.
2.7. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali Kompaniyaga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Kompaniyaning affillangan shaxslari, hamkorlari, pudratchilari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlari, banklar, kredit byurolari, to‘lov tashkilotlari hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaxslarga Platforma faoliyatini amalga oshirish, shartnoma tuzish, majburiyatlarni bajarish va qonuniy manfaatlarni ta’minlash maqsadida taqdim etishga rozilik beradi.
2.8. Mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali Foydalanuvchi Kompaniyadan SMS-xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta xabarlari, push-bildirishnomalar, messenjerlar va boshqa aloqa vositalari orqali Platforma faoliyati, xizmatlar, aksiyalar, maxsus takliflar, marketing tadbirlari hamda reklama materiallariga oid axborotlarni olishga rozilik beradi.
2.9. Mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali Foydalanuvchi uning to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) maqsadida Kompaniya tomonidan kredit byurolari, banklar, mikromoliya tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, davlat organlari, davlat axborot tizimlari va boshqa vakolatli manbalardan o‘ziga oid ma’lumotlarni olish, so‘rash, tekshirish, tahlil qilish va qayta ishlashga rozilik beradi.
2.10. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali kredit tarixi, kredit majburiyatlari, daromadlari, mavjud qarzdorligi, to‘lov intizomi va to‘lov qobiliyatini baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarning olinishi, qayta ishlanishi va ulardan foydalanilishiga rozilik beradi.
2.11. Skoring natijalari Kompaniya tomonidan ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotish imkoniyati, to‘lov shartlari, dastlabki to‘lov miqdori, muddatli to‘lov muddati va boshqa tijorat shartlarini belgilashda foydalanilishi mumkin.
2.12. Platforma orqali taqdim etilgan ma’lumotlardan Kompaniya faqat Platforma faoliyatini amalga oshirish, Foydalanuvchini identifikatsiya qilish, buyurtmalarni ko‘rib chiqish, shartnomalar tuzish va bajarish, to‘lov qobiliyatini baholash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanadi.
2.13. Platformada uchinchi shaxslarga tegishli veb-saytlar, mobil ilovalar yoki boshqa axborot resurslariga havolalar joylashtirilishi mumkin. Kompaniya bunday uchinchi shaxslarning faoliyati, kontenti, xavfsizligi yoki ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi uchun javobgar hisoblanmaydi.
2.14. Kompaniya Platformaning ishlashi, mazkur Kelishuv va Platformada joylashtirilgan boshqa hujjatlarga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar Platformada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
2.15. Foydalanuvchi Platformadan foydalanishni davom ettirishi uning mazkur Kelishuvga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalarga roziligini anglatadi.
2.16. Mazkur Kelishuvning barcha ilovalari, Platformada joylashtirilgan siyosatlar, qoidalar va boshqa hujjatlar Kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi.
3. KELISHUV PREDMETI
3.1. Mazkur Kelishuvning predmeti Foydalanuvchiga “TAQSIM ESTATE” elektron platformasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, shuningdek Platforma orqali ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni tashkil etish tartibini belgilashdan iborat.
3.2. Platforma Foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
3.2.1. Platformada joylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektlari (kvartiralar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish va tanlash;
3.2.2. Tanlangan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
3.2.3. Ko‘chmas mulk obyektini muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha buyurtma shakllantirish va yuborish;
3.2.4. Sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan shartlar, narxlar, to‘lov tartibi va boshqa tegishli ma’lumotlar bilan tanishish;
3.2.5. Ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha shartnomalarni tuzish jarayonida Platformadan foydalanish;
3.2.6. Platformada mavjud bo‘lgan boshqa funksiyalar va imkoniyatlardan foydalanish.
3.3. Mazkur Kelishuv Platformaning hozirda mavjud bo‘lgan barcha funksiyalari, shuningdek kelgusida qo‘shilishi mumkin bo‘lgan yangi funksiyalar, xizmatlar va imkoniyatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3.4. Kompaniya Platformadan foydalanish imkoniyatini Foydalanuvchiga “mavjud holatda” taqdim etadi hamda Platformaning uzluksiz ishlashi, barcha funksiyalar doimiy mavjud bo‘lishi yoki xatolarsiz ishlashini kafolatlamaydi.
3.5. Platformadan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda Foydalanuvchining Platforma orqali ko‘chmas mulk obyektini muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha tuziladigan shartnomalari bo‘yicha munosabatlar tegishli shartnoma va uning shartlari bilan tartibga solinadi.
3.6. Platformaning ayrim funksiyalaridan foydalanish alohida qoidalar, yo‘riqnomalar, shartlar yoki Platformada joylashtirilgan boshqa hujjatlar bilan tartibga solinishi mumkin. Mazkur Kelishuv va alohida shartlar o‘rtasida ziddiyat mavjud bo‘lgan taqdirda, tegishli munosabatlarga nisbatan maxsus shartlar qo‘llaniladi.
3.7. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish orqali taqdim etayotgan ma’lumotlarining to‘g‘riligi va haqqoniyligini kafolatlaydi hamda mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq harakat qilish majburiyatini oladi.
3.8. Tomonlar mazkur Kelishuvni tuzish va bajarish uchun zarur bo‘lgan huquqiy layoqatga, vakolatlarga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa zarur huquq va majburiyatlarga ega ekanligini kafolatlaydi.
4. PLATFORMADAN FOYDALANISH SHARTLARI
4.1. Platforma Foydalanuvchiga ko‘chmas mulk obyektlari (kvartiralar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, ularni tanlash, buyurtmalarni shakllantirish, muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonida ishtirok etish hamda Platformaning boshqa funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
4.2. Platformaning ayrim funksiyalaridan foydalanish uchun Foydalanuvchidan Platformada ro‘yxatdan o‘tish talab qilinishi mumkin. Bunday holatda Foydalanuvchi Platformada ko‘rsatilgan tartib va ko‘rsatmalarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Platformada ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek keyinchalik o‘z ma’lumotlarini yangilash yoki qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish jarayonida Foydalanuvchi o‘zi tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va dolzarbligini ta’minlash majburiyatini oladi.
4.3. Platformada uchinchi shaxslarga tegishli veb-saytlar, axborot resurslari yoki boshqa platformalarga havolalar joylashtirilishi mumkin. Mazkur havolalar Foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etiladi.
Foydalanuvchi bunday havolalar orqali boshqa resurslarga o‘tgan taqdirda, ushbu resurslardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar tegishli uchinchi shaxslarning shartlari va qoidalari asosida tartibga solinadi. Kompaniya uchinchi shaxslarning veb-saytlari, ularning mazmuni, xavfsizligi yoki ularda joylashtirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
4.4. Kompaniya Platformaning ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, Platforma funksiyalarining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash va statistik ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Cookie” fayllaridan foydalanishi mumkin.
Cookie fayllari — Foydalanuvchining qurilmasi va brauzeriga saqlanadigan, Platformadan foydalanish jarayoni, qurilma turi, IP-manzil, tashriflar tarixi va boshqa texnik ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir.
4.5. Cookie fayllari orqali yig‘iladigan ma’lumotlar Platformaning ishlashini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va Foydalanuvchiga qulay foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadlarida qayta ishlanadi.
4.6. Foydalanuvchi o‘z brauzeri sozlamalari orqali Cookie fayllaridan foydalanishni cheklashi yoki ularni o‘chirishi mumkin. Biroq Cookie fayllari o‘chirilgan yoki cheklangan taqdirda, Platformaning ayrim funksiyalari to‘liq yoki qisman ishlamasligi mumkin.
4.7. Kompaniya Platformaning uzluksiz va xatosiz ishlashini ta’minlashga harakat qiladi, biroq texnik nosozliklar, profilaktik ishlar, aloqa tarmoqlaridagi uzilishlar yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar sababli Platformaga kirish vaqtincha cheklanishi mumkin.
5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Kompaniyaning huquqlari:
5.1.1. Platformaning ishlashini ta’minlash, uning funksiyalarini takomillashtirish, o‘zgartirish, qo‘shimcha funksiyalar kiritish yoki ayrim funksiyalarni vaqtincha to‘xtatish.
5.1.2. Platformadan foydalanish shartlari, mazkur Kelishuv va Platformada joylashtirilgan boshqa hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
5.1.3. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish, zarur hollarda tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish.
5.1.4. Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani ko‘rib chiqishni rad etish yoki jarayonni to‘xtatish.
5.1.5. Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlarini buzgan taqdirda, uning Platformadan foydalanish imkoniyatini cheklash, vaqtincha bloklash yoki hisob qaydnomasini o‘chirish.
5.1.6. Foydalanuvchining mazkur Kelishuv asosida taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash, saqlash va qonunchilik hamda mazkur Kelishuvda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish.
5.1.7. Foydalanuvchiga Platforma faoliyati, ko‘chmas mulk obyektlari, xizmatlar, aksiyalar va boshqa takliflar to‘g‘risida xabarnomalar yuborish.
5.1.8. Foydalanuvchining to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish, tekshirish va tahlil qilish.
5.2. Kompaniyaning majburiyatlari:
5.2.1. Foydalanuvchiga Platformadan foydalanish imkoniyatini taqdim etish va uning ishlashini ta’minlash.
5.2.2. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlash va ularning maxfiyligini ta’minlash.
5.2.3. Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan buyurtmalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
5.3. Foydalanuvchining huquqlari:
5.3.1. Mazkur Kelishuv shartlariga rioya qilgan holda Platformadan foydalanish.
5.3.2. Platformada joylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
5.3.3. Tanlangan ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha buyurtma yuborish va uni ko‘rib chiqish natijalari haqida ma’lumot olish.
5.3.4. Ijobiy skoring natijasidan so‘ng ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish jarayonida ishtirok etish yoki undan voz kechish.
5.3.5. O‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish.
5.4. Foydalanuvchining majburiyatlari:
5.4.1. Mazkur Kelishuv, Platformadan foydalanish qoidalari va boshqa tegishli hujjatlar talablariga rioya qilish.
5.4.2. Platformadan foydalanishda to‘liq, to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etish.
5.4.3. Buyurtma yuborish, skoringdan o‘tish va shartnoma tuzish jarayonlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
5.4.4. O‘zining hisob qaydnomasi xavfsizligini ta’minlash, login va boshqa kirish ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik.
5.4.5. Platformadan qonunchilikka, uchinchi shaxslarning huquqlariga yoki Kompaniyaning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanmaslik.
5.4.6. Platformaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, bu haqda Kompaniyani xabardor qilish.
5.4.7. Boshqa shaxslarning hisob qaydnomalaridan foydalanishga urinmaslik va Platformaning normal ishlashiga xalaqit beruvchi harakatlarni amalga oshirmaslik.
6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Tomonlar mazkur Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
6.2. Foydalanuvchi Platformadan foydalanishda taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
6.3. Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri, yolg‘on yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzuvchi ma’lumotlar taqdim etilishi natijasida Kompaniyaga yoki uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, Foydalanuvchi ushbu zararlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini oladi.
6.4. Foydalanuvchi o‘zining Platformadagi hisob qaydnomasi, kirish ma’lumotlari va boshqa autentifikatsiya vositalarining xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi. Agar Foydalanuvchi tomonidan boshqacha holat isbotlanmasa, uning hisob qaydnomasi orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining harakatlari sifatida baholanadi.
6.5. Foydalanuvchi Platformadan qonunchilikka zid maqsadlarda, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazish uchun yoki Platformaning normal ishlashiga xalaqit beruvchi harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanmasligi shart.
6.6. Kompaniya quyidagi holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi:
6.6.1. Internet tarmog‘i, aloqa operatorlari, hosting xizmatlari, serverlar yoki boshqa texnik vositalardagi nosozliklar sababli Platformadan foydalanishda yuzaga kelgan uzilishlar;
6.6.2. Banklar, to‘lov tashkilotlari, kredit byurolari yoki boshqa uchinchi shaxslarning axborot tizimlari faoliyati bilan bog‘liq kechikishlar yoki nosozliklar;
6.6.3. Uchinchi shaxslarning veb-saytlari, axborot resurslari yoki Platformada joylashtirilgan havolalar orqali kiriladigan manbalarning mazmuni va faoliyati;
6.6.4. Foydalanuvchining o‘z qurilmasi, dasturiy ta’minoti yoki internet ulanishidagi muammolar sababli Platformadan foydalana olmasligi;
6.6.5. Foydalanuvchining Platformadan foydalanish natijasida o‘z kutgan natijalariga erishmaganligi.
6.7. Kompaniya Platformaning uzluksiz va xatosiz ishlashini ta’minlashga harakat qiladi, biroq texnik profilaktika ishlari, yangilanishlar yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar sababli Platforma faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
6.8. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuv shartlari buzilishi, noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi yoki Platformadan noqonuniy foydalanilishi natijasida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.9. Mazkur Kelishuvdan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar avvalo Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
6.10. Muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
9. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
9.1. Kompaniya Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va ularning maxfiyligini ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblaydi.
9.2. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va himoya qilishda Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha ichki qoidalariga amal qiladi.
9.3. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, uchinchi shaxslarga noqonuniy taqdim etish hamda boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur tashkiliy, huquqiy va texnik choralarni ko‘radi.
9.4. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari Platformadan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish, buyurtma yuborish, skoring jarayonidan o‘tish yoki boshqa funksiyalardan foydalanish jarayonida Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etilishi mumkin.
9.5. Agar Foydalanuvchi Platformaga uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etsa, Foydalanuvchi bunday ma’lumotlarni taqdim etish uchun yetarli qonuniy asosga ega ekanligini hamda tegishli shaxslarning roziligini olganligini kafolatlaydi.
9.6. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik ushbu ma’lumotlarni taqdim etgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
9.7. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning qonuniyligi va to‘g‘riligini doimiy ravishda tekshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi, biroq zarur hollarda ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
9.8. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvni qabul qilish orqali o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Platforma faoliyatini amalga oshirish, ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash va sotish jarayonlarini tashkil etish, shartnomalar tuzish, skoring o‘tkazish, aloqa qilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda qayta ishlashga rozilik beradi.
10. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Mazkur Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.
10.2. Kompaniya mazkur Kelishuvga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
10.3. Kelishuvning yangi tahriri yoki unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Platformada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar bunday o‘zgartirishlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
10.4. Foydalanuvchi Platformadan foydalanishni davom ettirishi uning Kelishuvning amaldagi tahriri hamda unga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalarga roziligini anglatadi.
10.5. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish jarayonida Platformaning ishlashini ta’minlash, xavfsizlikni oshirish, statistik tahlillarni amalga oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida texnik ma’lumotlar, jumladan IP-manzil, qurilma turi, brauzer ma’lumotlari, Cookie fayllari, geolokatsiya ma’lumotlari va Platformadagi harakatlarga oid ma’lumotlar avtomatik tarzda qayta ishlanishi mumkinligini tan oladi va bunga rozilik bildiradi.
10.6. Mazkur Kelishuvning biror qoidasi haqiqiy emas yoki ijro etilishi mumkin emas deb topilgan taqdirda, bu holat Kelishuvning boshqa qoidalarining haqiqiyligi va amal qilishiga ta’sir etmaydi.
10.7. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Platformadan foydalanishni to‘xtatishga haqli. Bunda mazkur Kelishuv bo‘yicha Foydalanuvchi tomonidan ilgari berilgan roziliklar va amalga oshirilgan harakatlarning huquqiy oqibatlari saqlanib qoladi.
10.8. Mazkur Kelishuv Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Foydalanuvchi Platformadan foydalanayotgan davr mobaynida amal qiladi.
11. KOMPANIYANING YURIDIK MANZILI VA BANK REKVIZITLARI
“TAQSIM SARMOYA” MChJ
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 23/3-uy, 1/2-xonadon;
Hisob raqami: 20208000405456615001;
“Ipak Yuli” ATB, Shayxontohur filiali;
MFO: 01145;
STIR: 309 009 938;
OKED: 47190.
